O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bugun imomlardan oldingidanda faollik kutilmoqda

 
 

Albatta,  bugun  faoliyat  olib  borayotgan  imomlarimiz  shu  zamonning  din  peshvolari  va  xalqni  to‘g‘ri  yo‘lga  boshlovchi  olimlardir.  Jamoat imomi o‘z jamoatining rahbari, ularning yo‘lboshchisi, namozlarining va boshqa ibodatlarining to‘kis bo‘lishida asosiy xizmat ko‘rsatadigan peshvosi hisoblanadi. Shu bilan birga, ma'rifat targ‘ibotchisi hamdir.

Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Oqdaryo tumanida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblarning ish faoliyati bilan tanishish maqsadida ular bilan “Maxdumi A'zam” jome masjidida uchrashdi. Uchrashuv jarayonida imom-xatiblarning mehnat faoliyati, ma'rifiy ishlardagi ishtiroki kabi masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan “Qum”, “Doum Said”, “Loyish”, “Pichoqchi”, “Temur”, “Xonaqoh”, “Yakkabog‘” jome masjidlarining imom-xatiblariga ogohlantirish berildi.    

Yig‘ilishdan so‘ng viloyat bosh imom-xatibi Oqdaryo tuman bosh imom-xatibi H.Abloqulov va tuman bosh imom-xatibining o‘rinbosari N.Islomovlar hamrohligida tumandagi Dahbet MFYda yashovchi Obloberdiyeva Shafoat opa va Bobomurodov To‘lqin aka xonadonlarida bo‘ldi. Bu oilalarning farzandlari Turkiya va Rossiya davlatlariga uzoq muddatga ishlash uchun ketgan. Imom-xatiblar tomonidan oila a'zolarining holidan xabar olinib, musofirlikda yurgan farzandlarining ahvoli bilan qiziqdilar va ularni o‘zaro suhbatlashganda o‘z vatani, dini va millatiga munosib bo‘lib, o‘zligini unutmasligini eslatib turishlarini so‘radi.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/11/2019 17:34;   Ko‘rilganligi: 1161
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bugun-imomlardan-oldingidanda-faollik-kutilmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 11:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing