Binali Yildirim Samarqandga tashrif buyurdi
25 sentyabr kuni yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan turkiya parlamenti spikeri, Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasi ziyorat qildilar. Qur’oni karim tilovat qilindi.
Keyin esa yetmish nafarli delegatsiya Imom Buxoriy majmuasi va yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmiy oliy maktabi bilan yaqindan tanishdilar.
Viloyat bosh xatibi Zayniddin domla Eshonqulov mehmonlarga inshootlar tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Delegatsiya a’zolari peshin namozini Imom Buxoriy jome masjidida ado etdilar.
Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy obidalarni ham tomosha qildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 25/09/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1571
Chop etilgan vaqti: 07/12/2024 22:43