O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bayram sovg‘alari ulashildi

 
 

Umumxalq bayrami 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi va imom xatiblar tomonidan qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 30 aprel kuni viloyatning Payariq tumanida joylashgan “Imom Buxoriy” jome masjidi imom xatibi Zayniddin Eshonqulov va masjid xodimlari birgalikda homiylarni jalb qilgan holda tumandagi “Xo‘ja Ismoil” mahalla faollari tavsiyasiga binoan mahallada yashovchi mehnat faxriylari, keksa otaxon va onaxonlar, boquvchisini yo‘qotganlar, kam ta’minlanganlardan iborat 20 nafar fuqarolarga bayram sovg‘asi ulashdilar. Oziq-ovqat va kiyim kechaklardan iborat tuhfalarni qabul qilib olgan kishilar yuzida xursandchilik, yurtimizdagi tinchlik sababidan bo‘layotgan islohotlarga nisbatan shukronalik hissi ko‘rinib turar edi.

Bunga javoban mahalla faollari va fuqarolar masjid ahliga hamda homiylarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/04/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3224
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bayram-sovgalari-ulashildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 23:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing