Baxt qo‘rg‘oni mustahkam bo‘lsin
Islom dini ta'limoti oilaga va uni ikki dunyoda saodatli bo‘lishiga alohida e'tibor qaratdi. Alloh taolo oila farog‘ati va farovonligi, tinchligi va mustahkam bo‘lishi, unda tavallud topgan farzandlar barkamol bo‘lishi yo‘lida zarur bo‘lgan barcha tavsiyalarni bayon qilgan. Odatda oilalarda ajrim holati kuzatilganda er xotiniga “Taloq” so‘zini aytadi. Vaholanki, “Taloq” so‘zi aytilganda Alloh taoloning Arshi larzaga keladi. Taloq Allohning yomon ko‘rgan halollaridan bo‘lib, u oxirgi chora sifatida joriy qilingandir. Payg‘ambar alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Halol narsalar ichida Alloh uchun eng yomoni taloqdir” (Abu Dovud, ibn Moja, Hokimlar rivoyati).
Hayot davomida sodir bo‘ladigan ba'zi oilaviy kelishmovchiliklar va mojarolarni shariatimizga ko‘ra tinch yo‘l bilan, oqilona hal etishga harakat qilinada. Bunda ayniqsa oilada erdan bosiqlik va hikmat bilan ish ko‘rish talab etiladi.
Narpay tuman O‘zbekiston mahallasida istiqomat qiluvchi A.M.ning oilasida ham hayotda uchrab turadigan arzimas sabablar tufayli o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Natijada kelin arazlab ota uyiga ketib qolgan edi. Bu holatga befarq bo‘lmagan Narpay tuman bosh imom-xatibi D.Bektamishov, mahalla faollari, tuman “Oila” markazi mas'ullari bilan birgalikda ushbu oilani isloh qilish choralarini ko‘rdilar. Olib borilgan suhbat va tushuntirishlar natijasida A.M.ning turmush o‘rtog‘i M.A. o‘z oilasiga qaytdi. Hozir ular tinch hayot kechirmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 19/02/2020 11:33; Ko‘rilganligi: 1020
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 13:49