O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Andijonda Respublika anjumani o‘tkazilmoqda

 
 


Bugun, 2017 yil 15 noyabr kuni Andijon shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuida diniy soha xodimlarining Respublika anjumani ish boshladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb portali “muslim.uz” saytining ma’lum qilishicha ushbu anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad, O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashda diniy soha xodimlari vazifalarini belgilash, islom dunyosining qo‘lga kiritayotgan so‘nggi yutuqlari, yer yuzining turli burchaklarida ro‘y berayotgan beqaror vaziyatlarning asl mohiyati va mudhish oqibatlarini muhokama etish, aqidaparast oqimlar tomonidan fitna chiqarish, islom ta’limotini buzib talqin qilish kabi oqibati og‘ir bo‘lgan xatti-harakatlarni fosh etish hamda ahillik va bag‘rikenglikka undovchi g‘oyalarni jamiyatda keng yoyishdan iboratdir.

Bu yilgi anjumanda oldingilaridan farqli o‘laroq qo‘shni davlatlar Qirg‘iziston Respublikasi musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maksatbek Toktamushev va Qozog‘iston Respublikasi Janubiy Qozog‘iston viloyati Bosh imom-xatibi Karimbek Ahmadjon rahbarliklaridagi diniy ulamolar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ham viloyat ulamolari va imom xatiblari nomidan mazkur anjumanda qatnashmoqda.

Islomning tinchlik va ezgulik dini ekanini dunyoga tarannum etishni maqsad qilgan ushbu anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Suratlar "muslim.uz" telegram kanalidan olindi

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2431
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/andijonda-respublika-anjumani-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 00:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing