Avf etilganlarning muammolari tinglandi
Konstitusiya qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bilib-bilmay jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tayotgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 92 nafar fuqaro afv etilgan edi. Avf etilganlar orasida 14 nafari Samarqand viloyatidan. Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 14 nafar avf etilgan shaxslar va ularning yaqinlari bilan uchrashdi. Ushbu tadbirda O‘MI Samarqand viloyat vakili Zayniddin Eshonqulov ham ishtirok etdi.
Uchrashuv jarayonida viloyat hokimi har bir afv etilgan fuqaro bilan alohida suhbatlashib, ularning hozirgi holati bilan qiziqdi. Sog‘ligida muammosi borlar davolash muassasalariga joylashtiriladigan bo‘ldi. Hatto ota-onalarining ham davolanishi uchun sihatgohga yuboriladigan bo‘ldi. Ularning qanday kasbi borligi, nima ish qo‘lidan kelishi aniqlanib, shu yerning o‘zida afv etilganlarga munosib ishlar taklif etildi. Quvonarlisi, uy-joyga muhtojlarga uy beriladigan bo‘ldi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 11/12/2019 10:47; Ko‘rilganligi: 889
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 08:00