O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

2024 YILDA 1,8 MILLIONDAN ZIYOD ZIYORATCHI HAJ AMALINI ADO ETDI

 
 

 Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e'lon qildi. Unga ko‘ra:

 Bu yil 1 million 833 ming 164 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 221 ming 854 nafar.

 Hojilarning 958 137 nafari erkak, 875 027 nafari esa ayollardir.

 Ziyoratchilarning 22,3 foizi arab, 63,3 foizi esa Osiyo, 11,3 foizi Afrika davlatlaridan, 3,1 foizi esa Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa mamlakatlardan kelgan ziyoratchilar tashkil etgan.

 Ziyoratchilarning asosiy qismi havo yo‘llari orqali kelgan.

 "Makka yo‘li" tashabbusi loyihasidan foydalangan hoji erkak va hoji ayollar adadi 322.901 nafarni tashkil etgan.

 Bu yil yurtimizdan 15 ming nafardan ziyod fuqaro haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi.

 So‘nggi 7 yil mobaynida 60 ming nafar kishi haj ibodatini qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, hojilik baxtiga mushaffar bo‘lgan hamyurtlarimizni shu yilning 22 iyunidan 12 iyuliga qadar Jidda shahridan O‘zbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/07/2024 11:10;   Ko‘rilganligi: 125
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/2024-yilda-18-milliondan-ziyod-ziyoratchi-haj-amalini-ado-etdi
Chop etilgan vaqti: 11/09/2024 17:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing