O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

20 AVGUST – HIJRIY 1442 YILNING BIRINCHI KUNI

 
 

Joriy yiilning 20 avgust kunidan hijriy-qamariy 1442 yil boshlanadi. Uning birinchi oyi Muharram oyidir. Odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabrik etadilar.

Hijriy yilimizni boshlab beruvchi Muharram oyining nomi lug‘atda «hurmatlanuvchi», «ulug‘lanuvchi» degan ma'nolarni anglatadi. Bu oy hijriy sananing boshi, urushlar harom qilingan, o‘ninchi kuni – Ashuro kuni bo‘lgan muhtaram va ulug‘ oydir. Hadislarda ushbu oyni “Allohni oyi” ekanligi bilan ulug‘langan. Oylar orasida Ramazon oyidan keyingi eng barokatli va fazilatli oy muborak Muharram oyidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu oydagi ro‘zani Ramazondan keyingi eng afzal ro‘za ekanini ta'kidlaganlar.

Alloh taolo hijriy yangi yilni va Muharram oyini barchamizga muborak qilsin! Ushbu oyda barchamizni O‘zi rozi bo‘ladigan xayrli ishlarga muvaffaq aylasin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/08/2020 07:28;   Ko‘rilganligi: 1153
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/20-avgust-hijriy-1442-yilning-birinchi-kuni
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 18:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing