O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni MUBORAK BO‘LSIN!

 
 

QADRLI VA MUHTARAM AZIZ BOLAJONLAR!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! O‘zbekistonimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilayman.

1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi.

Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.

Zero, Xadisi Sharifda “Kattalarimizga xurmat ko‘rsatmagan, kichiklarimizga izzat ko‘rsatmagan inson bizdan emas” deyilgan.

ZAYNIDDIN DOMLA ESHONQULOV
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/06/2022 07:25;   Ko‘rilganligi: 381
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 10:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing