O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xalqaro hamkorlik

Pokiston muftiysi Samarqandga tashrif buyurdi

 
 

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi bosh muftiysi Muhammad Rofe' Usmoniy bugun, 9 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmon Samarqandga tashrifining avvalini Imom Buxoriy hazratlarining hokipoklarini ziyorat qilishdan boshladi. Hadis ilmining sultoni, buyuk muhaddis Imom Buxoriy haqlariga tilovat va duolar qilindi. Shundan so‘ng mehmonni Imom Buxoriy majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari qabul qildi. Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rofe' Usmoniy hafizahullohning O‘zbekiston zaminiga qilgan tashrifi bilan qutlab, yurtimizda olib borilayotgan diniy islohatlar va yangiliklar bilan tanishtirdi. Do‘stona o‘tgan muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy soha va ta'lim yo‘nalishida fikr almashishga kelishib oldilar.

Shundan so‘ng Rofe' Usmoniy Imom Buxoriy jome masjidida peshin namozini ado etdi. Namozdan keyin yig‘ilgan jamoat bilan uchrashib, ular bilan muloqotda bo‘ldi.  


Kiritilgan vaqti: 09/07/2019 17:14;   Ko‘rilganligi: 1501
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/international-cooperation/pokiston-muftiysi-samarqandga-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 16:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing