O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston va Qozog‘iston Vaqf fondlari rahbarlari uchrashdi

 
 

So‘nggi paytlarda qo‘shni davlatlar bilan o‘rnatilgan aloqalarimiz tobora mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, Prezidentmiz Shavkat Mirziyoevning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlik borasida olib borayotgan amaliy ishlari natijasida barcha sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jumladan, Qozog‘istonda faoliyat olib borayotgan "Uaqip" (Vaqf) fondi rahbari joriy yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi "Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati.

"Uaqip" Qozog‘iston fondining prezidenti Qayrat Azimovni "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov kutib oldi. Ikki tomon o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda fondlar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, loyihalar xususida fikr almashildi. O‘zaro hamkorlikning yo‘nalishlari belgilab olingan. Mehmonning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

Manba: Islom.uz portali


Kiritilgan vaqti: 26/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1512
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/international-cooperation/ozbekiston-va-qozogiston-vaqf-fondlari-rahbarlari-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing