O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Paxtachi tumanida tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2023 yil 24 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Paxtachi tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 12 ta masjid va tumandagi barcha 17 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Paxtachi tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “OAVdan to‘g‘ri foydalanish”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 17 ta. Shundan 11 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 58 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.  
  • Nogironligi bor va kasalmand 4 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 1 ta. Ularning oilasidagi kelishmovchilik isloh qilindi.
  • Uzoq muddatga xorijga borib kelgan 9 nafar shaxslar bilan hamda xozirda xorijda yurganlarning 4 nafarining oila a'zolari bilan uchrashib, ularga zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shularning barchasi mutaassib fikrda emasligi ma'lum bo‘ldi.
  • Uyushmagan yoshlar bilan 10 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 65 nafar uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 12 ta masjidda Peshin namozi o‘qilib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruzalar qilindi. Unda 1 000 nafardan ziyod namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 12 mln so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov Paxtachi tumanidagi “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidi hududiga tuman bosh imom-xatibi, vakillik xodimlari va faol namozxonlar bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 30 tup daraxt ko‘chatlarini ekdi. Shundan so‘ng, tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilar bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, aholi orasida keng tarqalayotgan bid'at xurofotlarni to‘xtatishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, aholi bilan yaqindan ishlash va shu kabi masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Paxtachi tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Paxtachi tumanidagi mutaxassisi bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/10/2023 17:08;   Ko‘rilganligi: 180
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/sayyor-yigilishning-navbatdagisi-paxtachi-tumanida-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 09:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing