O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Samarqandlik imom-xatiblar Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbirida ishtirok etdilar

 
 

3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakilligi tomonidan ham nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri sifatida Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Samarqand shahar va Samarqand tuman imom-xatiblari bilan birgalikda Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda o‘z hadiyalari bilan ishtirok etdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinadan safarga chiqsalar, tug‘ilganidan buyon ko‘zi ojiz bo‘lgan Abdulloh ibn Ummi Maktumni noib-o‘rinbosar qilib qoldirgani ham nogironligi bor insonlarga Islomda yuksak e'tibor va ishonch borligining namunasidir.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi”, dedilar”. (Buxoriy va Muslim rivoyati)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisi sharifda har bir mo‘min-musulmon qilishi lozim bo‘lgan yaxshi amallardan bir nechtasini aytib, ular uchun beriladigan mukofotlarni zikr qilmoqdalar. Shu orqali sizu biz ummatlarini o‘sha yaxshi amallarni qilishga targ‘ib etmoqdalar.

Ma'lumot uchun, Xalqaro nogironlar kuni 1992 yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining 47/3-raqamli qaroriga binoan nishonlana boshladi.

o‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/12/2023 10:36;   Ko‘rilganligi: 286
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/samarqandlik-imom-xatiblar-xalqaro-nogironlar-kuni-munosabati-bilan-xayriya-tadbirida-ishtirok-etdilar
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 18:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing