O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Samarqanddan 229 kishi Haj ziyoratiga jo‘nab ketdi

 
 

Viloyatimizdan Muqaddas Haj safariga otlangan ziyoratchilarning 229 kishidan iborat dastlabki guruhi bugun erta tongdan “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali Saudiya Arabistonining Madina shahriga jo‘nab ketdi.

– O‘zimni dunyodagi eng baxtli insonlardan biriday his qilyapman, – deydi Samarqand shahrida yashovchi 65 yoshli onaxon Z.Ismatova. – Shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga shukr. To‘rt nafar farzandni uyli-joyli qilib, 12 nabira va 4 evaraning buvisi sifatida Haj ziyoratiga yo‘l oldim. Bir umrlik orzuyim amalga oshadigan bo‘ldi.  

Bo‘lajak hojilar uchun viloyat hokimligi tomonidan "Regal Palas" mehmonxonasida ziyofat uyushtirildi. Hojilardan yurtimiz haqiga, yurtboshimiz haqiga duoi-xayrlar qilishini so‘rab, Ularni sog‘-salomat ibodatlarni qilib, yurtimizga qaytib kelishlarini Yaratgan tilab qoldilar.

Aeroportda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari M.Hamidov va Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamatqulov ziyoratchilarni kuzatib qo‘ydi.

Kunning ikkinchi yarmida hojilarimiz Madina shahriga sog‘-salomat yetib keldilar. Viloyatimiz Hojilari Madinadagi "Pulman Zamzam" mehmonxonasiga joylashib, ziyoratni masjidi nabaviydan boshladilar.

Ziyoratchilarning 230 kishidan iborat keyingi guruhi joriy yilning 28 iyul kuni Haj safariga yo‘l oladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/07/2019 11:27;   Ko‘rilganligi: 1295
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/samarqanddan-haj-ziyoratiga-jonab-ketdi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 11:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing