Ramazon sovg‘alari ulashildi
"Vaqf" xayriya jamoat fondiga ehson qilayotgan saxovatpesha insonlarning ko‘magi bilan fond tomonidan Ramazon oyi davomida ko‘plab xayriya-saxovat ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 16 may kuni Fond tomonidan tayyorlangan qariyb 251 million so‘mlik Ramazon sovg‘alari yurtimizning 14 ta hududlariga yuborildi.
Bugun 19 may kuni ushbu muruvvat karvonining Samarqand viloyatiga ajratilgan bo‘limi Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahror Valiy” majmuasiga yetib keldi. U joyda yuz nafar muhtoj oilalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari o‘z haqdorlariga yetkazildi. Bundan tashqari fond tomonidan viloyatdagi jome masjidlarning kutubxonasiga 285 dona Qur'oni karim kitobi taqdim qilindi.
Loyihani o‘tkazishdan maqsad esa musulmonlar uchun muborak bo‘lgan Ramazon oyida ko‘makka muhtoj insonlarning ko‘ngliga xurramlik baxsh etishdir.
Tadbirda “Vaqf” xayriya jamoat fondining rahbari I.Xalilov, Samarqand viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari X.Sattarov va jamoatchlik hamda OAV vakillari ishtirok etid. Unda so‘z olgan I.Xalilov muhtoj insonlar tashkilot e'tiboridan chetda qolmasligini ta'kidlagan holda saxovatli insonlarni fond bilan hamkorlik qilishga, ehsonlarning haqdorlarga yetib borishida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 19/05/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1435
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 20:33