O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

"Qur'on nozil bo‘lgan kecha" nomli tadbirining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi.

 
 

Ramazonning eng buyuk fazilatlaridan biri – bu uning Qur'on oyi ekanidadir. Alloh taolo O‘zining so‘nggi kitobi, qiyomatgacha boqiy qoladigan, barchani ojiz qoldirgan mo‘jiza kalomi Qur'oni karimni nozil qilish uchun aynan Ramazon oyini tanlagan.

Shu munosabat bilan Samarqand ahliga Qur'oni karimni xatm qilib berayotgan qorilarga barcha viloyat mo‘min-musulmonlari nomidan minnatdorlik izhor qilindi hamda homiylarning hadyalaridan iborat sovg‘alar qorilarga ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/04/2022 10:50;   Ko‘rilganligi: 474
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/quron-nozil-bolgan-kecha-nomli-tadbirining-ikkinchi-qismi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing