O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Qo‘shrabod tumanida sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

Bugun, 2025 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Qo‘shrabod tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

Mazkur tadbirlardan so‘ng, Xayrullo domla Qo‘shrabod tumani “Domlo Omonullo Oxun” jome masjidi imom-xatibi G‘.Abiyev hamrohligida tuman markazidagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.

Qolgan bosh imom-xatiblar ham taqsimot asosida tumandagi 14 ta masjid imom-xatiblari hamda 2023-2024 yillarda Haj ibodatiga borib kelgan hojilar hamrohligida 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining 100 dan ziyod nogironligi bor, IHM, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Qo‘shrabod tumanidagi 14 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Qo‘shnichilik odoblari va haqlari”, “Oila – muqaddas dargoh”, “Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish odoblari”, “Tinchlik qadri”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborsiz bo‘lmaylik”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Ne'matlarga shukr qilish fazilati”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va boshqa bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar.

Shundan so‘ng, Xayrullo domla “Domlo Omonullo Oxun” jome masjidida jamoat bilan birga Peshin namozini ado etdi. hamda jamoatga “Yoshlar kelajagimiz” mavzusida mazmunli ma'ruza qilib berdi.

Shundan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Qo‘shrabod tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov va vakilligi xodimi X.Temirov bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha hamda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish va shu kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Mazkur tadbirlardan so‘ng, Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/04/2025 16:36;   Ko‘rilganligi: 243
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/qoshrabod-tumanida-sayyor-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing