O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Ramazon iftorligi” tadbiri tashkil etildi

 
 

Mamlakatimizda taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalashga muhim e'tibor qaratilmoqda. Oila sharoitida voyaga yetishlarini ta'minlashga qaratilgan tashabbus, xususan, bag‘rikeng xalqimizning milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan yondashuvi natijasida yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimi joriy etilgani yaxshi samara bermoqda.

Bugun, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tashabbusi bilan Samarqand shahar “O‘zbekkenti” MFYda joylashgan, “Kelajak vorislari” nomidagi oilaviy bolalar uyida ularning qalbida xursandchilik va baxtiyorlik hissini uyg‘otish maqsadida iftorlik dasturxoni tashkil qilindi. Unda Samarqand shahar va Oqdaryo tumanlaridan kelgan 19 nafar o‘g‘il-qizlar va ularning vasiylari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla yig‘ilganlarni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, ushbu oyning fazilatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tdi hamda tadbirda ishtirok etayotgan o‘g‘il-qizlar kelajakda Vatanimizga, xalqimizga va Dinimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishlarini Allohdan so‘rab xayrli duolar qildi.

Tadbirda ishtirok etayotgan har bir oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari hamda vasiylik va homiylikka olingan bolalarga ularning o‘zlari avvaldan bildirgan istakdan kelib chiqib, televizor qurilmasi hamda boshqa ehtiyoji bor buyumlar Ramazon hadyasi sifatida topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/03/2024 09:02;   Ko‘rilganligi: 73
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/oilaviy-bolalar-uylari-tarbiyalanuvchilari-uchun-ramazon-iftorligi-tadbiri-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 16:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing