O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

MA'RIFIY UCHRASHUV

 
 

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 1 iyun kuni Samrqand viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov, DIQ viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Baymurodov, Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, DIQ Toyloq tumani bo‘yicha bosh mutaxassis N.Mamarayimov va Tayloq tumani bosh imom-xatibi B.Ismoilov birgalikda Tayloq tumanida bo‘lib tumandagi barcha imom-xatiblar bilan ma'rifiy suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida vatanimizda bo‘layotgan ezgu islohotlar, xususan, diniy-ma'rifiy sohada qilinayotgan xayrli ishlar, yangilik va xushxabarlar haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, bugungi zamonda har bir imom-xatib mustahkam ilm-ma'rifat egallab, o‘z sohasining mohiri bo‘lishi, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishi, oilada farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib, ularni ijtimoiy tarmoq va yon-atrofdagi turli oqimlar ta'siridan asrashimiz zarurligi ta'kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, rahbarlar “Madaniyat”, “Tayloq ota” va “Abdurahmon ad-Daromiy” jome masjidlariga tashrif buyurib olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar hamda tumandagi “Charog‘bon”  va “Bog‘izag‘on” MFYda yashavchi jazo muddatini o‘tab kelgan ishtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning honodonlariga tashrif buyurib do‘stona suhbatlashdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/06/2022 17:35;   Ko‘rilganligi: 487
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/marifiy-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 04:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing