Mandat-2023
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabida 2023-2024 o‘quv yili uchun Arab tili, Hadis va Mustalahul hadis hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan o‘tkazilgan qabul imtihonlari mandat natijasi e'lon qilindi.
Mandatga ko‘ra, eng yuqori kirish bali 154.4 eng past kirish bali 146.9 ni tashkil qilib, 10 nafar abituriyentlar Oliy maktab talabasiga aylandi.
Yuqori ko‘rsatgich qayd etgan abituriyentlarni talabalik maqomiga erishgani bilan muborakbod etamiz!
Qabul jarayonlari va kirish imtihonlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etgan barcha mutasaddilar, o‘qituvchi va xodimlarni xizmatlari evaziga ulkan ajrlar berishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz!
Kiritilgan vaqti: 28/07/2023 10:27; Ko‘rilganligi: 1018
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:37