O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Konstitusiyasining 31 yilligi munosabati bilan imom-xatiblar tamonidan tadbir tashkil etildi.

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31 yilligi munosabati bilan bugun Urgut tumanida tadbir tashkil etildi. Tadbirda vakillik huquqshunosi X.Mamatov so‘zga chiqib, Konstitusiyamiz joriy yilda tubdan yangilangan Asosiy qonun umumxalq referendumi natijasida qabul qilinganligini va milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor barcha ustuvor qoidalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan mukammal Konstitusiyaga ega bo‘lganligimizni alohida ta'kidlab o‘tdi. Qolaversa, Konstitusiyani va uning bironta qoidasini zamon va makonning xususiyati talablariga zid ravishda o‘zgartirib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining e'tibor va tashabbuslari samarasi o‘laroq, har jihatdan takomillashib borayotgan tizimimiz bu davr oldimizga qo‘yayotgan ustuvor vazifalarni sharaf bilan ado etish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini ta'kidlab, qonun barchamiz uchun barobar va biz unga birdek bo‘ysunishimiz zarurligini barcha diniy soha xodimlariga aytib o‘tdi hamda yaqinlashib kelayotgan bu ulug‘ kun bilan barcha imom-xatib va imom-noiblarni muborakbod etdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/12/2023 17:23;   Ko‘rilganligi: 283
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/konstitutsiyasining-31-yilligi-munosabati-bilan-imom-xatiblar-tamonidan-tadbir-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 04:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing