O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Ishtixon tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

 
 

Bugun, 2022 yil 24 may kuni sayyor uchrashuv va suhbatlar Ishtixon tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 11 ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda 4 nafar iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 20 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Ishtixon tumanidagi 11 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 20 ta. Shundan9 tasidamuammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 100 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 5 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 4 ta. Shundan 3 ta oiladagi kelishmovchiliklar isloh qilindi. 1 nafari o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 3 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Shundan 2 nafari qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 2ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • JIEMda, qidiruvda bo‘lgan va IHM bo‘lgan jami 22 nafar fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ular va oila a'zolari bilan suhbat o‘tkazildi. Shundan Ularning barchasiYurtboshimizning olib borayotgan islohotlaridan g‘oyat mamnun ekanliklarini aytib o‘tdi;
  • Uzoq muddatga xorijga borib kelgan 6 nafar shaxslar bilan hamda xozirda xorijda yurganlarning 2 nafarining oila a'zolari bilan uchrashib, ularga zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shularning barchasi mutaassib fikrda emasligi ma'lum bo‘ldi.
  • Uyushmagan yoshlar bilan 18 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 200 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 11 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 1000 nafardan ortiq namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 35 mln so‘mni tashkil qildi;

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/05/2022 20:42;   Ko‘rilganligi: 432
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/ishtixon-tumanida-aholi-bilan-muloqotlar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 00:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing