O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

"ENG MA'RIFATLI IMOM-2019" TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

 
 

Bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, yuqori kasbiy mahorat sohibi bo‘lgan, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, innovatsion g‘oyalar muallifi, tadbirkor. Ishbilarmon, zamon axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng iqtidorli, faol imom xatiblarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantirish maqsadida har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi imom xatiblar o‘rtasida “Eng ma'rifatli imom” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Bugun 24 iyulb kuni Samarqand viloyatining tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 nafar imom xatib va imom noiblari ishtirokida viloyat bosqichining  “Eng ma'rifatli imom 2019” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.     

Tanlovning viloyat bosqichida ishtirokchilar tafsir, tajvid, aqoid, fiqh ilmlaridan va imomlik faoliyatiga oid berilgan savollar asosida bellashdilar.

Hakamlar hay'ati xulosasiga binoan tanlov yakuni bo‘yicha

Birinchi o‘ringa Tayloq tuman "Juma bozor" jome masjidi imom xatibi Abulsaidov Samariddin;

Ikkinchi o‘ringa  Kattaqo‘rg‘on shahar "Muhammad Naqqibek" jome masjidi imom xatibi Nazarov Anvar loyiq deb topildi.

Uchinchi o‘ringa Ishtixon tuman "Zarband" jome masjidi imom xatibi Rabbimov Mansur;

Bundan tashqari yil davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan va o‘zini ibratli jihatlarini ko‘rsata olgan qator imom xatiblar, imom noiblari, masjid xodimlari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:

- “Eng ko‘p obuna uyushtirgan imom” – Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi Mahmudov Zafar;

- “Eng ko‘p maqola nashr etgan imom” – Payariq tuman “Islom nuri” jome masjidi imom xatibi Abduxoliqov Mansur

- “Eng obod masjid” – Pasdarg‘om tuman “Nurul islom” jome masjidi

- “Eng intizomli imom” - Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom xatibi O‘mirqulov O‘tkir

- “Eng tadbirkor imom” – Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Mahmudov Zafar

- “Eng faqih imom” – Qo‘shrabot tuman “Domla Omanulloh Oxun” jome masjidi imom xatibi Abiyev Abdug‘ani

- “Eng notiq imom” – Samarqand shahar “Qo‘shhovuz” jome masjidi imom xatibi Qo‘nishov Ibodullo

- “Eng targ‘ibotchi imom” - Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom xatibi Abdumannonov Nursultonxon

-  “Eng xushovoz muazzin” - Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidi muazzini Hasanov Abdug‘ani

- “Eng ishbilarmon mutavalli” – Urgut tuman “Bog‘ishamol” jome masjidi mutavallisi Xolboboyev Amin

- “Eng boy kutubxona” – Narpay tuman “Naqshbandiy” jome masjidi kutubxonasi

- “Eng namunali tahoratxona” – Kattaqo‘rg‘on tuman “Yangiravot” jome masjidi tahoratxonasi

- “Eng mirishkor bog‘bon”  Oqdaryo tuman “Maxdumi A'zam” jome masjidi bog‘boni Bobonov Azim

- “Eng fidoyi qo‘riqchi” - Samarqand tuman “Xo‘ja Ahror Valiy” jome masjidi qorovuli Sultonov O‘tkurxon

G‘oliblar maqtov yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Eng ma'rifatli imom” ko‘rik tanlovi viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallagan Tayloq tumani “Jumabozor” jome masjidi imom-xatibi Abulsaidov Samariddin Respublikada o‘tkaziladigan “Eng ma'rifatli imom”  ko‘rik tanloviga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/07/2019 09:57;   Ko‘rilganligi: 1320
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/eng-marifatli-imom-2019-tanlovi-goliblari-aniqlandi
Chop etilgan vaqti: 29/02/2024 22:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing