O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Din va millat uchun xizmat qilish – har bir peshvoga mas'uliyat yuklaydi

 
 

Shu yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdilar. Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan imom-xatiblarning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlis Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.

Muftiy hazratlari bugun har bir din peshvosi din va millat uchun astoydil xizmat qilishi, amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, mo‘min-musulmonlar farovonligi yo‘lida hayotga tatbiq etilayotgan chora-tadbirlarda faol ishtirok etish, ayniqsa, diniy-ma'rifiy sohadagi yangilanishlar imom-domlalarimiz zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi haqida so‘z yuritdilar.


Kiritilgan vaqti: 02/11/2023 12:04;   Ko‘rilganligi: 181
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/din-va-millat-uchun-xizmat-qilish-har-bir-peshvoga-masuliyat-yuklaydi
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 14:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing