O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

E'lonlar

BUGUN, 18 MART KUNI IMOM-XATIBLARIMIZ JUMA NAMOZINI O‘QIB BERISHLIK UCHUN MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR

 
 

Bugun, 18 MART kuni viloyatimizning bir guruh imom-xatiblari Ishtixon, Jomboy, Bulung‘ur va Urgut tumanlaridagi masjidlarga tashrif buyurib Juma namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga "Yoshlik – umr bahori" mavzusida ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.

Juma namozidan avval fayzli mav'iza va go‘zal qiroatlar bo‘ladi. Mo‘min-musulmonlarimizni mana shunday chiroyli suhbatlarga taklif etamiz.

Quyida imom-xatiblar va namozga boradigan masjidlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Ishtixon tumaniga

 “Polvon ota” masjidiga:
 Juma namoziga Nodir domla Mallayev

Jomboy tumaniga

 “Islomobod” masjidiga:
 Juma namoziga Sarvarxo‘ja domla Boboyev;
 “Ushuntepa” masjidiga:
 Juma namoziga Anvar domla Ahmedov;

Bulung‘ur tumani

 “Amir Hamza” masjidiga:
 Juma namoziga Boboxon domla Boboxonov;

Urgut tumaniga

 “Ixlosi Ziyo” masjidiga:
 Juma namoziga Abduhalim domla Muhiddinov;
 “Soy G‘o‘s” masjidiga:
 Juma namoziga To‘lqin domla Isayev;

 Alloh taolo ulamolarimizning suhbatlarini manfaatli va davomli qilsin!

Tashriflar va ma'rifiy suhbatlarni sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/03/2022 07:34;   Ko‘rilganligi: 489
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/announcements/bugun-18-mart-kuni-imom-xatiblarimiz-juma-namozini-oqib-berishlik-uchun-masjidlarga-tashrif-buyuradilar
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 17:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing