O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Hadislar

“Oltin silsila” turkumidan hadislar.AZON KITOBI

 
 

١٥- كتاب الاذان

10.AZON KITOBI

١- باب بدء الأذان

1-BOB

AZON (AYTISH)NING BOSHLANISHI

وقوله عز وجل: (وإذا ناديتم إلى الصلاة اتخذوها هزؤا ولعبا ذلك بأنهم قوم لا يعقلون) وقوله: (إذا نودي للصلاة من يوم الجمعة)

Alloh azza va jallaning “Agar namozga azon aytsangiz, ular uni mazax  va o‘yin qilishadi. Bu ularning aql yuritmaydigan qavmligidandir” (Moida surasi, 58-oyat) va “...Juma kuni, namozga azon aytilgan paytda ...” (Juma surasi, 9-oyat) degan so‘zi.

603 .حدثنا عمران بن ميسرة حدثنا عبد الوارث حدثنا خالد الحذاء عن أبي قلابة عن أنس بن مالك قال ذكروا النار والناقوس فذكروا اليهود والنصارى فأمر بلال أن يشفع الأذان وأن يوتر الإقامة

  1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“(Namozga chaqirish uchun) olov (yoqish) va zang (chalish)ni aytishgan edi, “Yahudiy va nasroniylarniki”, deyishdi. Shunda Bilol azonni juft, iqomani toq aytishga buyurildi”.

Izoh: Hanafiy mazhabiga ko‘ra, iqoma kalimalari ham azon kalimalari kabi juft aytiladi. Faqat iqomada “qod qomatis-solatu” kalimasi qo‘shimcha qilinadi. Hanafiylar Abu Mahzura, Bilol, Salama ibn Akva' roziyallohu anhum kabi sahobalardan Bayhaqiy, Termiziy, Tahoviy va boshqalar rivoyat qilgan hadislarni hujjat qilib olishgan.

(Oltin silsila” turkumidagi “Sahihul Buxoriy” 1-kitobidan)

 (Davomi bor...)


Kiritilgan vaqti: 11/09/2019 16:45;   Ko‘rilganligi: 2255
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/islam/hadiths/oltin-silsila-turkumidan-hadislarazon-kitobi
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 00:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing