O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Hadislar

“Oltin silsila” turkumidan hadislar. ILM KITOBI

 
 

“Oltin silsila” turkumidan hadislar

٣- كِتابُ العِلمِ

  1. ILM KITOBI

١- باب فضل العلم

1-BOB.

ILMNING FAZILATI HAQIDA

وقول الله تعالى يَرْفَعِ الله الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا العِلْمَ دَرَجَاتٍ وَالله بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ وقوله عز وجل رَّبِّ زِدْنِي عِلْمًا

.Alloh taoloning so‘zi: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarni, xususan, ilmga berilganlarning darajalarini ko‘tarur. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir (Mujodala surasi, 11-oyat).

U Zot azza va jallaning so‘zi: “Robbim, ilmimni ziyoda qilgin” (Toha surasi, 114-oyat).

٢-باب: مَنْ سُئِلَ علمًا وهو مشتغلٌ في حديثهِ، فأتمَّ الحديثَ ثم أجابَ السائلَ

2-BOB

SO‘ZGA MASHG‘ULLIGIDA ILMDAN SO‘RALSA, SO‘ZINI TAMOMLAB, KEYIN SO‘ROVCHIGA JAVOB BERISH HAQIDA

حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سِنَانٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا فُلَيْحٌ ح. وَحَدَّثَنِي إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ فُلَيْحِ، قَالَ: حَدَّثَنِي أَبي، قَالَ: حَدَّثَنِي هِلاَلُ بْنُ عَلِيٍّ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبي هُرَيْرَةَ، قَالَ: بَيْنَمَا النَّبيُّ - صلى الله عليه وسلم - فِي مَجْلِسٍ يُحَدِّثُ الْقَوْمَ، جَاءَهُ أَعْرَابيٌّ فَقَالَ: مَتَى السَّاعَةُ؟ فَمَضَى رَسُولُ اللَّهِ - صلى الله عليه وسلم - يُحَدِّثُ، فَقَالَ بَعْضُ الْقَوْمِ: سَمِعَ مَا قَالَ، فَكَرِهَ مَا قَالَ. وَقَالَ بَعْضُهُمْ: بَلْ لَمْ يَسْمَعْ. حَتَّى إِذَا قَضَى حَدِيثَهُ، قَالَ: "أَيْنَ -أُرَاهُ- السَّائِلُ عَنِ السَّاعَةِ". قَالَ: هَا أَنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ، قَالَ: "فإِذَا ضُيِّعَتِ الأَمَانَةُ، فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ". قَالَ: كَيْفَ إِضَاعَتُهَا؟ قَالَ: "إِذَا وُسِّدَ الأَمْرُ إِلَى غَيْرِ أَهْلِهِ، فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ".

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir majlisda odamlarga hadis aytayotganlarida bir a'robiy kelib: “Soat (Qiyomat) qachon?” - dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlarida davom etaverdilar. Ba'zi odamlar: “U zot uning gaplarini eshitdilar-u, gapini yoqtirmadilar”, deyishdi, ba'zilar esa: "Yo‘q, eshitmadilar", deyishdi. U zot so‘zlarini tugatgach: “Qiyomat haqida so‘ragan –menimcha, shunday dedilar - qani? - dedilar.  “Mana men, ey Allohning  Rasuli!” - dedi. “Qachon omonat zoye qilinsa, qiyomatni kutaver!” dedilar. “Uni  Zoye qilish qanday bo‘ladi?” – dedi. “Qachon ish o‘z ahlidan boshqasiga topshirilsa, qiyomatni kutaver!” dedilar”.

(Oltin silsila” turkumidagi “Sahihul Buxoriy” 1-kitobidan)

 (Davomi bor...)


Kiritilgan vaqti: 06/09/2019 16:39;   Ko‘rilganligi: 2722
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/islam/hadiths/oltin-silsila-turkumidan-hadislar-ilm-kitobi
Chop etilgan vaqti: 21/02/2024 07:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing