O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Qur'on oyatlari

Shamollarning yo‘nalishi ham oyat-belgilardandir

 
 

Amazonka qalin o‘rmonzorining serhosilligini Sahroi Kabirning markazidagi qurib qolgan ko‘lning tubidan ko‘tarilgan fosfor zarralari ta’minlab beradi, deb tasdiqlamoqda amerikalik olimlar. «Geophysical Letters» oynomasida chop etilgan yangi izlanishlar sayyoramizning olis hududlarining o‘zaro bog‘liqligini yana bir bor namoyish qilmoqda.

Shamol Sahroi Kabirdan chang va qum zarralarining ko‘tarib minglab kilometr g‘arbga, Amazonka daryosi hududiga olib borishi avvaldan ma’lum. NASA 2006 yilda Yer atmosferasidagi bulut qoplamlarining harakatilarini kuchatuvchi «CALIPSO» nomli sun’iy yo‘ldoshni uchirgan edi.
Mana shu sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarga tayanib, Merilend Davlat Universitetida faoliyat yurituvchi Xunbin Yu (Hongbin Yu) har yili Sahroi Kabirdan o‘rtacha hisobda 182 million tonna chang ko‘tarilib, undan 28.8 million tonnasi Amazonka daryosi hududiga yetib boradi, deb tasdiqlamoqda.
Yu, shuningdek, ushbu chang-g‘uborning qancha miqdori fosfor ekanligini ham aniqlab chiqdi. Amazonka daryosi hududining tuprog‘i fosforga juda qashshoq: yomg‘irlar va daryo oqimi qalin o‘rmonzorlardan mana shu ozuqaviy moddani oqizib ketadi. Sahroi Kabir esa aksincha, fosforga juda boy — ushbu mineralining eng katta koni Chad hududida joylashgan, avval qurib qolgan ko‘lning tubi hisoblanadi.
Yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar hamda Chad, Barbados va Mayamidagi ilmiy-izlanish stansiyalarida yig‘ilgan chang namunalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, Amazonka daryosi hududiga har yili qariyb 22 ming tonna — deyarli qancha miqdor yuvilib ketgan bo‘lsa, shuncha fosfor yetib boradi ekan.
Mana shu joyda, Alloh taoloning Qur’oni Karimda zikr qilgan: «Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni o‘limidan keyin tiriltirishida va shamollarni ne yo‘nalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bor» degan oyatini eslamaslikning iloji yo‘q.
Darhaqiqat, Alloh taolo Amazonka daryosi o‘simliklari uchun o‘ziga xos rizq bo‘lgan fosforni osmondan yog‘dirib qo‘ygan, mana shu rizqni olib kelish uchun shamollarning yo‘nalishini tartibga soldirib qo‘ygan Zotdir. Alloh taoloning yaratgan va tartibga solgan narsalari, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qilib: «Yo Robbimiz, Sen bularni bekorga yaratganing yo‘q, O‘zing poksan», deymiz.


Kiritilgan vaqti: 07/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1858
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/islam/ayahs/shamollarning-yonalishi-ham-oyat-belgilardandir
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 05:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing