O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Qur'on oyatlari

“Baqara” surasining 15-oyati tafsiri

 
 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ (15) 

  1. Alloh ularni istehzo qiladir va tug‘yonlarida tentiragan hollarida qo‘yib beradir

Aslida istehzo, makr-hiyla kabi ishlarni Allohga nisbat berib bo‘lmaydi. Bular bandalarning sifatlari, ularning ishlari. Binobarin, oyatdagi “istehzo qiladir” iborasini “istehzolarining jazosini beradi”, deb tushunish lozim.

Ular shuncha gunohlarni qilsalar ham, Alloh taolo ularni tek qo‘yib qo‘yadi, balki har qancha gunoh qilsalar ham, ularga beradigan ne'matini ziyoda qilib qo‘yaveradi. Ular esa tug‘yonlarida davom etadilar. Natijada alamli azobga duchor bo‘lishlari uchun dalil va hujjat ko‘payadi. Oxiri borib, ikki dunyo badbaxtligiga uchraydilar.

 

(“Tafsiri Hilol” kitobidan)

   Davomi bor...


Kiritilgan vaqti: 10/09/2019 15:25;   Ko‘rilganligi: 1514
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/islam/ayahs/baqara-surasining-15-oyati-tafsiri
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 16:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing