Maqolalar

Hamma bir kishi uchun...

Dadam yoshligimizdan bizni muammolarimizni birga hal qilishga o‘rgatganlar. Oilada qaysi birimiz bo‘lsa ham, muammoli vaziyatga duch kelsak, dadam farzandlarining hammasini to‘plar edilar va “Ukalaringizning shunday-shunday muammolari bor ekan, kelinglar, unga qanday yordam berishni o‘ylab ko‘raylik” deb barchani fikrlashga chaqirardilar. O‘sha muammolarning aksariyati dadamning bir o‘zlari yechim topa oladigan muammolar edi. Lekin dadam bizni muammo xoh katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin, mushkul vaziyatda jigarlarni tashlab qo‘ymaslikka, qo‘ldan kelganicha bir-birimizga yordamga shoshilishga o‘rgatdilar.

 

Savobi ulkan amal!

Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari keng yoyilishida beqiyos xizmat qilishgan. Bu bejizmas. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom bunday deganlar: “Me­ning gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so‘ngra qanday eshitgan bo‘lsa, ana shunday yetkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin” (Imom Termiziy rivoyati)

 

Shabon oyi - gunohlar o‘chiriladigan, g‘ayb alomatlari oshkor bo‘ladigan ulug‘ oyga kirishdir.

Fazilatli oylardan biri sha'bonda qilingan xayrli amallarning ajri juda ulug‘dir. Ayniqsa, bu oyning birinchi yarmida nafl ro‘za tutish nihoyatda savoblidir.

Sha'bon oyining 14-dan 15-ga o‘tar kechasi eng fazilatli tunlardan biridir. Bu kechani "Baroat kechasi" deyiladi. Baroat kechasida bir yil ichida bo‘lajak ishlar haqida qazoyu hukm qilinib, ajal va umr belgilanadi va amal sahifalari Alloh taoloning huzuriga ko‘tariladi. Shu kuni Alloh taoloning rahmati yer yuziga yog‘iladi.

 

Odamlar omi kishidan emas, olimdan savol surashadi.

Ilm olayotgan odamning xolini mashakkatli saboklar yulini bosib utgan kishi yaxshi tushunadi. Ilmda fazilat kup. Bilganlar bilmaganlar bilan xech kachon teng bulmaydi. Ularning gap — suzida, fikr – muloxazasida fark yakkol seziladi. Odamlar omi kishidan emas, olimdan savol surashadi. Olim bilgan narsasini bilmadim desa, yolgon gapi uchun gunoxga botadi. Bilmagan narsasini «bilmayman» deb tan olishi esa komillik alomati. Chiranish, maxmadanalik kilish olimning martabasiga putur yetkazadi. Chinakam olimning makom – martabasi yuksak. Ilm kichik yoshli insonga xam vikor bag‘ishlaydi.

 

Farz namozlaridan avval va keyingi sunnat namozlari

Cavol: Farzlardan avval va keyin o‘qiladigan sunnatlarning qanday fazilati bor? Ularni o‘qimasa ham bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohim. Mazkur sunnatlarning fazilati katta. Bir qancha hadisi shariflarda ularni doim o‘qib yurishga kuchli targ‘ib bor. Ularni uzrsiz tark qilishni ulamolar makruh deydilar.

 

Madina – Rasulimiz yashagan va dafn etilgan shahar

Madinai Munavvara – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijrat qilgan, Qur'oni karimning bir qancha oyatlari nozil bo‘lgan, sahobalar yurgan, Payg‘ambarimizning muborak tanalarini o‘z bag‘riga olgan, ulug‘ sahobai kiromlar dafn etilgan, Makkadan keyingi eng fazilatli shahar. 

 

Fotihadan keyin "Omin" aytishning hukmi

Hanafiy va Molikiy mazhabida ominni mahfiy aytish sunnatligi aytilgan bo‘lsa, Shofe'iy va Hanbaliy mazhablarida jahriy aytish sunnatligi aytilgan Shofe'iy va Hanbaliy mazhab ulamolari quyidagi hadislarni hujjat qilib keltirishadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon imom omin desa sizlar ham omin denglar chunki kimning so‘zi farishtalar bilan muvofiq kelib qolsa uning o‘tgan gunohlari maxfirat qilinadi”, dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

 

Qo‘shnichilik haq va odoblarini qanchalik bilamiz?!

Kalomullohning Niso surasi 36-oyati karimasida

Xudoim taolo marhamat qiladi:

  • “Allohga ibodat qilingiz va unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shniyu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi”.

 

AMALIMIZ BIZNI JANNATDAN ORQAGA TORTSA NASABIMIZ JANNATGA KIRGIZA OLMAYDI

عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : ( من نفس عن مؤمن كربة من كرب الدنيا ، نفس الله عنه كربة من كرب يوم القيامة ، ومن يسر على معسر ، يسر الله عليه في الدنيا والآخرة ، ومن ستر مؤمنا ستره الله في الدنيا والآخرة ، والله في عون العبد ما كان العبد في عون أخيه ، ومن سلك طريقا يلتمس فيه علما ، سهل الله له به طريقا إلى الجنة ، وما اجتمع قوم في بيت من بيوت الله يتلون كتاب الله ويتدارسونه بينهم ، إلا نزلت عليهم السكينة ، وغشيتهم الرحمة ، وحفتهم الملائكة ، وذكرهم الله فيمن عنده ، ومن بطأ به عمله ، لم يسرع به نسبه ) رواه مسلم .

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh taolo undan qiyomat mashaqqatlaridan birini aritadi. Kim bir kambag‘alning ishini yengillatsa, Alloh uning bu duyoyu oxirat ishlarini yengillatadi.

 

Imom Zufar rohimahulloh

Bilamizki ahli sunna val jamoada 4 ta mazhab bor, o‘sha mazhablarning eng ko‘p tarqalgani bizning mazhabimiz, ya'ni «Xanafiya» mazhabi hisoblanadi!

Ammo mazhabboshimiz tomonidan kelgan shar'iy hukmlarning hammasi ham Imom Abu Hanifa rohimahullohdan kelmagan, balki shogirdlari, «Qoziyu quzot» Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad Ashshayboniy rohimahulloh va shu jumladan eng katta shogirdlari Imom Zufar rohimahullohlar tomonidan yetib kelgan.

 

Onalar xizmati-jamiyat saodati

Har bir inson dunyoga kelibdiki uning o‘nib o‘sishi, ilmli-tarbiyali bo‘lib voyaga yetishi uchun muhtaram volidalarimizning xizmatlari beqiyosdir. Har bir kamolatga yetgan shaxs ortida onalar mehnati yotadi. Shuning uchun ham dini mo‘binimiz onalarni ko‘proq e'zozlashga, qadirlashga buyuradi. Janobi Nabiyimiz s.a.v “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” deb marhamat qilganlar. Bir sahobiy-“Kimga yaxshilik qilay”- deb 3 marta so‘radilar. Har safar- “Onangga”- dedilar va 4-marta so‘raganlarida-“Otangga”- deb javob berdilar Nabiy s.a.v.

 

«Agar ogohsan sen – shoxsan sen. Agar shoxsan sen – ogohsan sen!» Ibrohimjon domla Inomov

QADRLI va TABARRUK  HOJIBOBO va HOJIONALAR!

MUHTARAM  HOJIAKALAR!

AZIZ va QIMMATLI  MEHRIBEPOYON  OTALAR!

HURMATLI va MUNIS  MEHRIDARYO  ONALAR!

Bugungi yurtimizni tinchligida SIZLARNING ham xizmatlaringiz BEQIYOS KATTA!

SIZLARNING o‘z oilangiz tarbiyasidagi mashaqqatli va sharafli, og‘ir va savobli, sermahsul va olijanob faoliyatlaringiz har qanday tahsinu mukofotlarga loyiq va munosib!!!

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing