O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Hasanobod” mahallasida to‘y-hashamlarni tartibga solish masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand shahar “Hasanobod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi 2736-III-592-III-sonli “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazishni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qo‘shma qarorini kuchga kirgani yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Xo‘ja Nisbatdor”  jome masjidi imom xatibi B. Boboxonov, viloyat mahalla markazi bosh mutaxassisi F. G. Shokirova, “Oila”  markazi  bosh mutaxassisi G. M. Xusainova, 7-IIB xotin-qizlar bilan ishlash bosh mutaxassisi mayor G.Akbarova, 7-IIB profilaktika inspektori D. Turabov, hoji ona va hoji otalar, mahalla fuqarolari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Unda so‘zga chiqqan imom-xatib B.Boboxonov ushbu qarorning ahamiyati, muborak dinimiz ko‘rsatmalarida to‘y-hasham, ma'raka-marosimlarni o‘tkazishdagi me'yor, uning tartib va qoidalari haqida oyati va karima va hadisi shariflar asosida tushunchalar berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/01/2020 10:48;   Ko‘rilganligi: 1055
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/hasanobod-mahallasida-toy-hashamlarni-tartibga-solish-masalasi-boyicha-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 02:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing