O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yosh imom-xatiblardan umidimiz katta

 
 

Yoshlar – har qanday jamiyatning ertasi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan shakllanib kelgan asl milliy va diniy qadriyatlarimizni ahamiyati nechog‘lik muhim ekanini ko‘rsatib bermoqda.

farovon hayot  jamiyatni mukammal axloq tamoyillari asosida barpo qilish, oilada barkamol farzand tarbiyasi, uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma'nan yetuk, aqlan va axloqan go‘zal bo‘lib yetishi bilan belgilanadi.

Samarqand viloyat vakilligi tizimidagi jome masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning qariyib o‘ttiz foizini yosh imom-xatiblar tashkil etadi. 15 yanvar kuni viloyat vakilligi majlislar zalida ular bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bundan maqsad, yosh imom-xatiblarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning olididagi vazifalarini belgilab berish, tashabbuskor kadrlarni tanlash va ularni rag‘batlantirish, ularda kasbiy mahoratni oshirish, malaka va ko‘nikmalarini rivojalantirish borasida tajribali imom-xatiblarning ish tajribalari va ko‘maklaridan foydalanish, yosh diniy soha vakillarida axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, OAV va internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlarini takomillashtirish orqali turli yot illatlarning g‘oyalariga qarshi munosib tarzda raddiya berish, sof islom ta'limotini targ‘ib qilish salohiyatiga ega bo‘lish masalalarini muhokama qilish edi.

Tadbirni olib borgan Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bugungi kun yosh imom-xatiblar oldida turgan vazifalar, ularni qiynayotgan muammolar haqida so‘z yuritdi.

O‘zaro fikr almashish tarzida o‘tgan davra suhbatida yosh imomlar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Mana shu kabi uchrashuv va davra suhbatlari foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki, yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada ko‘proq e'tibor qaratish, ezgu intilish va tashabbuslar va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodimizning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash eng asosiy, hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolaveradi.

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/01/2020 15:22;   Ko‘rilganligi: 814
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yosh-imom-xatiblardan-umidimiz-katta
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 16:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing