O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YIL IMOMI KO‘RIK TANLOVINING TUMANLAR BOSQICHI BOSHLANDI

 
 

Joriy yilning 18 may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Amir Hamza” jome masjidida Bulung‘ur va Jomboy tumanlari imom-xatib hamda imom noiblari ishtirokida “Yil imomi” ko‘rik tanlovining dastlabki (tuman) bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yil 15 apreldagi 01A/19-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan tanlovda viloyat vakili Nuriddinxon Islamov, vakil o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov hamda Samarqand tibbiyot instituti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Sulaymon Halimovlar hiy’at sifatida qatnashib, ishtirokchilarni munosib baholab bordilar.

Tanlov nizomiga muvofiq, qatnashchilarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi, bugungi kunda olib borayotgan faoliyati hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar belgilangan savollarga javoblar qaytarishdi. Tanlov har tomonlama yuqori saviyada o‘tkazildi va yakuniy natijalar qaydnomasi quyidagilarni tashkil etdi:

Bulung‘ur tumanidan Erganakli jome masjidi imom xatibi Azzamov Asadullo birinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

Jomboy tumanidan Ibrohim ota jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov so‘ngida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2382
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yil-imomi-korik-tanlovining-tumanlar-bosqichi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 17/10/2019 23:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing