O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

USTOZLAR DAVRASI

 
 

Hozirda yurtimiz bo‘ylab "1-oktyabr ­- O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Ustozlarga alohida ehtirom ko‘rsatilmoqda. Ustozni otadan ulug‘ deb bilgan xalqimiz ushbu kunda ma’rifat yo‘lboshchilariga o‘zgacha ehtimom ila munosabatda bo‘lmoqdalar.

29 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatimiz musulmonlariga ko‘p yillar davomida ta’lim-tarbiya bergan, masjidu-madrasalarda ishlab ko‘plab shogirdlar chiqargan bir qator ustoz domlalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ustozlardan pandu nasihatlar tinglandi, ko‘p yillik mehnatlari nitajasi o‘laroq piru-badavlat bo‘lib yurgan bu ulug‘ zotlarning hayotiy tajribalari, chuqur ilmlaridan yana bir bor istifoda olindi. Ularning sha’nlariga ilig‘ fikrlar, tashakkurlar aytilib ko‘ngillarini ko‘tarishga harakat qilindi, sovg‘a-salomlar ulashildi.

Ustoz va muallim xayot bo‘stonidagi niholning daraxtga aylanishi uchun beminnat xizmat qiladilar. Yoshlarni ma’naviy yetuk va barkamol inson bo‘lib tarbiyalashda tabarruk ustoz va murabbiylarimizni o‘rni beqiyosdir. Ustozu muallimlar ma’naviyat osmonida musaffo ziyo taratib turgan yo‘lchi yulduzdirlar, qaysiki, ular tufayli odamlar to‘g‘ri yo‘lni topadilar, ularning sharofati bilan jaholat zulmatlaridan omonlik qirg‘og‘iga yetishadilar. Chunonchi, Abdurahmon Jomiy aytganlaridek:

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,

Xayot xam bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 665
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ustozlar-davrasi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2020 06:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing