O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sog‘lom turmush-jamiyat rivojining negizidir

 
 

2017 yil 16 dekabr kuni Samarqand shahridagi 84112 harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari bilan “Sog‘lom turmush – jamiyat rivojining negizidir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Samarqand harbiy prokuraturasi, Samarqand viloyat IIB, Samarqand tibbiyot instituti va ommaviy axborot vasitalari vakillari qatnashgan tadbirda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrulla Sattorov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

X.Sattorov yig‘ilganlarga Islom dinida oilaga e’tibor, er-xotin o‘rtasidagi burch va vazifalar, huquq va majburiyatlar, farzand tarbiyasi haqida oyat hadislar asosida ma’ruza qildi.

Vatan, el-yurt xizmati, uni himoyalash, tinchligini ta’minlashdek buyuk va sharafli kasb sohiblariga vazifalarini mukammal bajarishlarida Alloh taoloning o‘zi madadkor bo‘lishini tilab qoldi.

Hadisi sharifda ham “Alloh taolo roziligi yo‘lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari ibodat qilib, kunduzlari nafl ro‘za tutishdan afzaldir”, - deb marhamat qilingan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 980
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/soglom-turmush-jamiyat-rivojining-negizidir
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 12:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing