O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari Kattaqo‘rg‘on tumanida

 
 

Joriy yilning 18-iyun kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqandga tashrif buyurdilar.

Mehmonlarning tashrifi, dastlab viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohligida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Qalandarxona" jome masjidida bo‘ldilar.

Hammalarimizga ma'lumki Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Qalandarxona” jome masjidida namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida so‘ni yillarda qurilish ishlari jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Shu sababdan ham muftiy hazratlarining Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida “Qalandarxona” jome masjidida amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishishlik, namozxonlar uchun yaratilinayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishlik maqsadida amalga oshirildi. Tashrif jarayonida muftiy hazratlari masjid faoliyati bilan, yangi barpo etilayotgan tahorotxona qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zining bir qator maslahat va ko‘rsatmalarini berib o‘tdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/06/2020 13:23;   Ko‘rilganligi: 950
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-kattaqorgon-tumanida
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 02:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing