O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOMLARIMIZ XALQ BILAN MULOQOTDA

 
 

Inson ­­- qadri ulug‘, sha’ni yuksak, manfaati esa har narsadan ustun bo‘lgan mavjudoddir. Dunyodagi barcha narsalar unga xizmat qilish, mushkulini oson etish, umri davomida osuda hayot kechirishini ta’minlash uchun in’om etilgan.

2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan barcha sohalarda bo‘lgani kabi Samarqand viloyati imom xatiblari ham aholidan hol so‘rash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida muhim va samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar. Imom domlalarimiz mahalla raislari, maslahatchilar, mahalla nozirlari bilan hamkorlikda mahallalarda xonadonlarga kirib, aholi bilan bevosita suhbat o‘tkazmoqdalar. Jumladan:

O‘tgan hufta davomida shahar va tuman bosh imom xatiblari mazkur vakillar bilan birgalikda uylarga kirib, kishilar yashash tarzi, oilalardagi mavjud shart-sharoitlar, kishilarning kayfiyati, bugungi kunidan nechog‘li rozi ekanligi bilan tanishdilar. Ikki kun davomida 350ga yaqin xonadonga kirilib, yurtdoshlarimizning nimalar bilan mashg‘ul ekanlari, yaratilayotgan imkoniyatlardan kim qanday foydalanayotgani, asosiysi yurtimizda kechib turgan jarayonlarga nisbatan qanaqa munosabat bilan yondashilayotganiga e’tibor qaratdilar.

Muloqotlar davomida ijtimoiy ko‘makka muhtojlar bilan suhbat o‘tkazishga alohida ehtimom bilan yondashildi va ularga davlatimiz tarafidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha takliflar berilib, bu borada kerakli yordamlar ko‘rsatildi.

Ta’kidlash lozimki, bu yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi yurtimizda inson huquqlarini kafolatlash, xalqimiz farovonligini ta’minlash, yurtimiz porloq kelajagining asoslarini yanada mustahkamlash borasida o‘ta muhim qadam bo‘ldi. Joylarda, fuqarolar holidan xabar olish, mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bugunning kun tartibidagi birlamchi vazifasi bo‘lib qoldi.

G‘ofurjon Eshonqulov

O‘MI Samarqand viloyati

vakilligi mutaxassisi


Kiritilgan vaqti: 07/04/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1622
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imomlarimiz-xalq-bilan-muloqotda
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 06:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing