O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Dinimiz o‘zaro yordamlashib yashashga chaqiradi

 
 

Bu dunyoda odamlarning boshiga tez-tez turli g‘am – g‘ussa, qiyinchilik va mashaqqatlar tushib turadi. Boshiga mashaqqat tushgan odam o‘z yaqinlaridan yordam kutadi. Chunki bir o‘zi mushkulotga qarshi turishi oson emas. Islom dini o‘zaro bir-birimizga yordam berib yashashga chaqiradi.

Yaqinda Bulung‘ur tuman Kattaqishloq mahallasida yashovchi fuqaro Shamsiyev Akram aka (Ismi, sharifi o‘zgartirilgan) ning uyi etiborsizlik tufayli yonib ketgan edi. Haqiqiy mo‘min kishi birodarining boshidagi mushkulotlarni aritishga harakat qiladi. Shu bilan birga, qiyomat kuni o‘z boshiga tushishi mumkin bo‘lgan mashaqqatni ham aritgan bo‘ladi. “Olomon” masjidi jamoasi masjid imom xatibi Abdumannon Murodov boshchiligida mahalla oqsaqollari va homiylar yordami hamda hashar yo‘li bilan uyni qayta tiklab bermoqda. Hozir uyning tom qismini yopish ishlari olib borilmoqda. Yog‘ingarchilik kunlarigacha bu ishlarni nihosiga yetkazish ko‘zda tutilgan. Pul, qurilish anjomlari, oziq-ovqat tomonidan ushbu xonadon egalariga yordam ko‘rsatilmoqda.

         Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan aytilgan muborak hadisda: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi”, deyilgan (Buxoriy va Muslim rivoyat qilishagan).

Inshaalloh, o‘z birodarlarini g‘am-tashvishlarini aritish, hojatini ravo qilish uchun harakat qilayotganlarning hojatlarini Allohning O‘zi aritadi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/11/2019 16:21;   Ko‘rilganligi: 1389
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/dinimiz-ozaro-yordamlashib-yashashga-chaqiradi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 23:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing