O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Hadislar

“Oltin silsila” turkumidagi hadislardan

 
 

“Oltin silsila” turkumidagi hadislardan

بِسْمِ اللَّـهِ الرَّحْمَـٰنِ الرَّحِيمِ

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

١- كتاب بدء الوحي

1. VAHIYNING BOSHLANISHI KITOBI

قَالَ الشَّيْخُ الْإِمَامُ الْحَافِظُ أَبُو عَبْدِ اللَّهِ مُحَمَّدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ بْنِ إِبْرَاهِيمَ بْنِ الْمُغِيرَةِ الْبُخَارِيُّ رَحِمَهُ اللَّهُ تَعَالَى آمِينَ.

Shayx, imom, hofiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘iyra Buxoriy – Alloh taolo u kishini rahmat qilsin, omin – aytadilar:

١-بَابٌ كَيْفَ كَانَ بَدْءُ الْوَحْيِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ

 وَقَوْلُ اللَّهِ جَلَّ ذِكْرُهُ: (إِنَّا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ كَمَا أَوْحَيْنَا إِلَى نُوحٍ وَالنَّبِيِّينَ مِنْ بَعْدِهِ)

1-BOB

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA VAHIYNING BOSHLANISHI QANDAY BO‘LGAN? ALLOH JALLA ZIKRUHUNING “ALBATTA, BIZ SENGA NUH VA UNDAN KEYINGI NABIYLARGA VAHIY YUBORGANIMIZDEK, VAHIY YUBORDIK” DEGAN SO‘ZI.


حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ الزُّبَيْرِ قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ قَالَ: حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ الْأَنْصَارِيُّ قَالَ: أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ التَّيْمِيُّ أَنَّهُ سَمِعَ عَلْقَمَةَ بْنَ وَقَّاصٍ اللَّيْثِيَّ يَقُولُ سَمِعْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَلَى الْمِنْبَرِ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: "إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ وَإِنَّمَا لِكُلِّ امْرِئٍ مَا نَوَى فَمَنْ كَانَتْ هِجْرَتُهُ إِلَى دُنْيَا يُصِيبُهَا أَوْ إِلَى امْرَأَةٍ يَنْكِحُهَا فَهِجْرَتُهُ إِلَى مَا هَاجَرَ إِلَيْهِ"

1. Alqama ibn Vaqqos aytadi:

“Umar ibn Xattob minbarda turib shunday deganini eshitdim:
“Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Amallar faqat niyatlarga ko‘radir. Har kimga niyat qilganigina bo‘ladi. Kimning hijrati erishadigan dunyosi uchun yoki nikohlab oladigan ayoli uchun bo‘lsa, demak, uning hijrati o‘sha hijrat qilgan narsasi uchundir” deganlarini eshitganman”.

 

 (Oltin silsila” turkumidagi “Sahihul Buxoriy” 1-kitobidan)

 

(Davomi bor...)


Kiritilgan vaqti: 04/09/2019 16:02;   Ko‘rilganligi: 1160
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/islam/hadiths/oltin-silsila-turkumidagi-hadislardan
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 02:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing