O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tdi

 
 

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi – mamlakatda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla, ta'lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Samarqand viloyatida bo‘lib, uzoq, chegara oldi maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Viloyat  bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va  viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov hamrohligida mehmonlar Urgut tumanining eng chekka tog‘li chegara hududidagi Qo‘zibek qishlog‘ida joylashgan 119-umumta'lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yoshlarga muhtaram Prezidentimizning Murojaatnomasiga alohida to‘xtalib, yoshlarni barkamol avlod bo‘lib tarbiyalanish, ularni sog‘lom fikrli, ilm zakovatli bo‘lishlari, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratib berilayotgan aytildi.

  

Shundan so‘ng Mirzabog‘lon qishlog‘ida yashovchi 98 yoshli ikkinchi jahon urishi qatnashchisi  Sherali    boboning yashash xonadonida bo‘lib, u kishining suhbatini olishdi. Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida tuman markazidagi 122-umumta'lim maktabida ham bo‘ldilar. O‘quvchi yoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mavjud muammolarni hal etilishi bo‘yicha viloyat hokimligi mutasaddilari yordam berishlarini bildirishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/01/2020 14:32;   Ko‘rilganligi: 1350
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlarni-vatanparvarlik-ruhida-tarbiyalash-boyicha-tadbirlar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing