O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Viloyat bosh imom-xatibi Ishtixon tumani aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

 
 

Islom dinining ma'rifiy-ma'naviy mohiyati va mazmunini xalqimizga yetkazish, ularni har xil g‘arazli oqimlar hamda manqurt kimsalarga aldanmaslikka chaqirish,  yurt tinchligi, xalq farovonligi, dinning sofligini ta'minlash, jaholatga qarshi ma'rifat ila, adashganlarga sof e'tiqod bilan kurashish, bugungi kunlarimizga shukronalik keltirish kabi fazilatlarni jamiyatga yetkazishda imom-xatibning juda katta o‘rni bor. Chunki imom-xatib insonlarni faqat va faqat ezgulikka chorlovchima'rifatga undovchidir.

Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Ishtixon tumanida “Jo‘ra Mahmudov” va “O‘zbekiston” mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashib, diniy-ma'rifiy suhbat o‘tkazdi. Unda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, sof Islom ta'limoti, oilalar mustahkamligini ta'minlash va yoshlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash, oilaviy ajrimlar, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish, yot g‘oyalar ta'siriga berilib ketish kabi salbiy holatlarning oldini olish borasida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng yig‘ilganlarga tadbir tashkilotchilari tomonidan “Zulmat girdobi” nomli film namoyish etildi.

Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi Ishtixon tumaniga safari chog‘ida “Boyli ota” va “Sug‘ot” jome masjidlarida bo‘ldi. Masjidlarning holati, yutuq va muammolari bilan tanishgach peshin namozini “Sug‘ot” jome masjidida ado etdi. Namozdan so‘ng jamoat bilan suhbatlashib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan barcha sohalar qatorida diniy-ma'rifiy yo‘shnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik-xotirjamlikning qadri, yosh avlod tarbiyasida ota-onaning o‘rni mavzusida suhbatlashdi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/02/2020 15:44;   Ko‘rilganligi: 1169
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/viloyat-bosh-imom-xatibi-ishtixon-tumani-aholisi-bilan-uchrashuv-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 04:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing