O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘z oldiga qo‘yilgan yuksak va sharafli maqsadlarni ado etishda samarali faoliyat olib bormoqda. Ko‘plab yo‘nalishlarda xayriya aksiyalarini amalga oshirib kelayotgani barchamizga ayon. Bugun, 14 fevralda xayriya jamoat fondi rahbari Iskadar Xalilov Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldi. Bu maskanda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, xalqaro markaz rahbar va ilmiy xodimlari, Hadis maktabining ustoz va talabalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra fond tomonidan markazning ilmiy ishlari, yangi adabiyotlar nashri, markaz kutubxonasini zaruriy adabiyotlar bilan boyitish kabi xayrli ishlarda yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Shuningdek xayriya jamoat fondi rahbari va viloyat bosh imom-xatibi Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti professori, Hadis maktabi ustozi Mahmud Abdulloh bilan suhbatlashdi.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/02/2020 18:09;   Ko‘rilganligi: 1045
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/vaqf-xayriya-jamoat-fondi-imom-buxoriy-xalqaro-ilmiy-tadqiqot-markazi-bilan-hamkorlikni-yolga-qoydi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing