O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Urgut tumanida otinoyilar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyunda o‘tkazilgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi yig‘ilish bayoni 18-bandi ijrosi yuzasidan Samarqand viloyatida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

8 sentyabr kuni Urgut tumanidagi Iqtisod kasb hunar kollejida otinoyilar, mahalla maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish-seminari o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova, “Mahalla” XJF tuman bo‘limi bosh maslahatchilari va tumanda faoliyat yuritayotgan otinoyilar qatnashdi.

Seminar shaklida o‘tkazilgan tadbirlarda oilaviy ajrimlarni oldini olish, noqonuniy nikohga qarshi kurashish, ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi qator masalalar muhokama etilib, fikr-mulohazalar almashildi.

Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova


Kiritilgan vaqti: 11/09/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1130
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/urgut-tumanida-otinoyilar-ishtirokida-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 02:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing