O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“U isrof qilguvchilarni sevmaydi”

 
 

Alloh taolo bizlarni riyokorlik, xo‘jako‘rsinlik, manmansirashlik kabi nojoiz ishlardan tiyilib, O‘zining roziligini istagan holda hayot kechirmog‘imizga buyuradi, hamda barcha ishlarimizni me'yorida qilmog‘imizni va haddan oshmasligimizni talab qiladi.

Qur'oni Karimda:

“Shuningdek, yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmanglar! Zero, U isrof qilguvchilarni sevmaydi”, (A'rof surasi 31-oyat) deyilgan.

Bizning o‘lkamizda isrofning turli xillari mavjud. Jumladan, to‘ylarimizdagi isrofgarchilik. Shariatimiz mo‘minlarni barcha narsada, xususan, ma'raka marosimlarda ham mo‘tadil-o‘rtamiyona bo‘lishga buyuradi.

Imom-xatiblar tominidan aholi o‘rtasida bu borada tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Samarqand shahridagi “Qo‘shbaqqoli” jome masjidi imom-xatibi Jobir domla Rustamov “Davlatshoh Samarqandiy” va “Toshkandiy” mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. To‘y va marka marosimlardagi dabdababozlik, isrofgarchilik haqida to‘xtalgan imom domla,  agar ortiqcha boyligingiz-mablag‘ingiz bo‘lsa tirigu o‘likka manfaati va savobi tegsin desangiz shu mablag‘lar bilan avvalo farzandlaringizni, so‘ng qavmu-qarindoshlar va mahalla-kuyingizdagi nochor oila bolalarini o‘qitishga yordam bering, bilimli va ma'rifatli bo‘lishlariga sababchi bo‘ling va yoki qishloq hududlarida bo‘lsangiz ko‘prik, yo‘llar kabi xalqning extiyoji tushadigan narsalarga moddiy yordam bering. Ana o‘shanda siz istagan savob va sadaqai joriyalar bo‘lib, ikki dunyo saodatiga erishasiz, inshaalloh, deya nasihatlar qildi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/01/2020 16:19;   Ko‘rilganligi: 1854
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/u-isrof-qilguvchilarni-sevmaydi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 11:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing