O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Otinoyilar bilan ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda

 
 

9 noyabr kuni viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Urgut tumani otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish” mavzusida tashkil etilayotgan suhbatlar noyabr oyining birinchi sanasidan buyon davom etmoqda. Ayol-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirib borish va uni daomiy ta’minlash ishlarida otinoyilar faollikka chaqirilmoqda.

Bugunning otinoyisi ayol qizlarimizni ma’rifatga chorlovchi muallimalardir. Shuning uchun ular hamisha ilg‘or va jonkuyar bo‘lmoqlari lozim.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 806
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/otinoyilar-bilan-marifiy-uchrashuvlar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 22/09/2020 09:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing