O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Millatlararo totuvlik tinchlik va barqarorlikning kafolatidir

 
 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali professor o‘qituvchilari va talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurta” mavzusida davra suhbati va ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom noibi Akmal Murodov ishtirok etib, millatlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qilishi, diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatishi, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanishi, odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da'vat etishi haqida so‘zlab berdi.

Davra suhbatida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga ma'ruzachilar atroflicha javob berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/10/2019 15:52;   Ko‘rilganligi: 1259
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/millatlararo-totuvlik-tinchlik-va-barqarorlikning-kafolatidir
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 10:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing