O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Kattaqo‘rg‘on tumanida Samarqand viloyati tuman va shahar bosh imom-xatiblarining navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

10 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida Samarqand viloyati tuman va shahar bosh imom-xatiblarining navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari D.Mamadkulov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, bosh imom-xatib o‘rinbosari X.Sattarov hamda 16 nafar bosh imom-xatiblar, Kattaqo‘rg‘on tuman va Kattaqo‘rg‘on shahar masjidlarining imom-xatiblari va imom-noiblari ishtirok etdi.

Kun tartibida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Kattaqo‘rg‘on tuman va shahridagi masjidlarning faoliyatini o‘rganish tahlili, muborak ramozon oyiga tayorgarlik ko‘rish, aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamiga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

So‘zga chiqqan notiqlar bu kabi sayyor yig‘ilishlar va uning doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar, o‘zaro fikr va tajriba almashish imom-xatiblarning mehnat samaradorligini oshishi, masjidlarning faoliyati takomillashishiga xizmat qilishini ta'kidladilar.

Ushbu sayyor yig‘ilish doirasida kunning birinchi yarmida imom-xatiblar 18 ta guruhga bo‘linib, Kattaqo‘rg‘on tuman va shaharda joylashgan 36 ta masjidlarning faoliyati bilan tanishdilar. Peshin namozida ishtirok etib, jamoat bilan suhbat uyushtirildi va har bir masjid hududida mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Bundan tashqari kam ta'minlangan, muammoli xonadonlar, safarda bo‘lib qaytgan yoki safarga chiqish arafasida turgan shaxslar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlar tashkil etildi, muhtoj oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, 32 ta ta'lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari qabristonlarning holatini o‘rgandilar. Bozor, savdo shahobchalarida ham bo‘lib, ularning faoliyati bilan tanishdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/03/2020 10:47;   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/kattaqorgon-tumanida-samarqand-viloyati-tuman-va-shahar-bosh-imom-xatiblarining-navbatdagi-sayyor-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 27/05/2020 17:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing