O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Johiliyat jamiyatida ayol-qizlar kamsitilgan

 
 

Butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e'tibor qaratish maqsadida har yili 11 oktyabrda nishonlanadigan Xalqaro qizlar kuniga (International day of the Girl Child) 2011 yil, 11 oktyabrda BMT Bosh assamblyasida asos solingan. Bu muammolarga majburiy nikoh, ularning ta'lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini ta'minlash hamda zo‘rlash holatlari kiradi.

Ushbu sana munosabati bilan Toyloq tuman hokimligi katta yig‘ilishlar zalida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Jumabozor” jome masjidi Abulsaidov Samariddin domla ishtirok etib, Islom dini ayol va qizlarning sha'nini baland martabalarga ko‘targani, hech qaysi dinda ayollar Islomdagidek ehtirom qilinmagani, johiliyat jamiyatida o‘g‘il bola qiz boladan ustun qo‘yilib, ayol-qizlar kamsitilgani, Islom bu yomon ishlarni ham botil qilib, qizlarni alohida e'zozlagani, hamma bolalarga birdek qarashni yo‘lga qo‘ygani hamda Islomda qizlarga e'tibor bilan qarash – jannatga eltuvchi amal, deb baholanishi haqida yig‘ilganlarga gapirib berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/10/2019 14:54;   Ko‘rilganligi: 1258
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/johiliyat-jamiyatida-ayol-qizlar-kamsitilgan
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing