O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Jaholatdan ko‘ra zararliroq narsa yo‘q

 
 

Ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Jaholat va johillikning davosi – bir qancha bo‘lib, ulardan eng asosiysi – kitob o‘qishdir.

Darhaqiqat, kitob o‘qish qalb chigalliklarini yozadi, ko‘ngilga huzur bag‘ishlaydi, jaholatga barham beradi, turli-tuman vasvasalarni kishi ongidan quvib chiqaradi. Kitob – hayotning qorong‘u yo‘llarini yoritib boruvchi chiroqdir! Dunyoda ham, oxiratda ham insonga ilmdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradigan narsa yo‘q! Shuningdek, jaholatdan ko‘ra zararliroq narsa ham yo‘q!

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 54-maktabda “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusidagi ma'rifiy tadbirda ana shular to‘g‘risida so‘z yuritildi. Unda tumanning “Xo‘ja Jarroh” jome masjidi imom xatibi Sirojiddin Shamsiddinov qatnashib, o‘quvchilarga Mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “jaholatga qarshi ma'rifat” bilan kurashish g‘oyasining ahamiyati, ekstremizm g‘oyalari ta'siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy hayotga moslashishlarida ko‘maklashish kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari haqida fikr bildirdi.

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 04/10/2019 17:08;   Ko‘rilganligi: 1162
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/jaholatdan-kora-zararliroq-narsa-yoq
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 10:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing