O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Imom-xatiblarimiz ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda

 
 

Kattaqo‘rg‘on shahrida bugungi kunda 5 ta jome masjid faoliyat yuritmoqda. Masjid imom-xatib va imom noiblari jamoatning diniy ehtiyojlari, diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish, sof islom va hanafiy mazhabi ta'limotlarini yetkazish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Shu bilan birga mahalla, ta'lim muassasalari va tashkilotlarda bo‘lib, aholiga tinch-xotirjam hayotimiz, farovon o‘tayotgan kunlarimizga shukr qilib, eng avvalo, hushyor bo‘lmog‘imiz, ana shu ne'matlardan ayirmoqchi bo‘layotgan g‘arazli kuchlar, nopok  toifalarning nayranglaridan ogoh bo‘lib, ularga munosib javob qaytarish, manfur kimsalarning hiylalariga aldanib, pirovardida oilasidan, yaqinlaridan, tinchligidan ajralib qolgan kishilar qismatiga nazar solish orqali bu kunlarimizga qanchalar shukr  keltirishimiz lozimligi borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagilari Kattaqo‘rg‘on shahar 3-umumtalim maktabida manaviy muhitni sog‘lamlashtirish rukni asosida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom-xatibi A. Nazarov, shaharning hokimlik, Ichki Ishlar Boshqarmasi, Yoshlar ittifoki, Nuroniy jamg‘armasi vakillari qatnashdi. A.Nazarov “Islom tinchlik dini” mavzusida yig‘ilganlarga ma'ruza qildi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga "Murtad" nomli video film namoyish qilindi.

         Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar “Qorirovot” jome masjidi imom-xatibi Ro‘ziyev Saydillo ham shahardagi 11-umumtalim maktabida o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, “Odob-axloq inson ziynati” mavzusida ma'ruza qildi hamda darslarda to‘liq ishtirok etish, darslarni sababsiz qoldirmaslik borasida nasihatlar berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/02/2020 14:25;   Ko‘rilganligi: 1277
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-xatiblarimiz-manaviy-marifiy-tadbirlarda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing